Tramp Meyni o‘qituvchi deb atadi va u bilan G7 sammitida uchrashishni istamadi - OAV

"Katta yettilik" sammiti 8-9 iyun kunlari Kanadaning La-Malbe shahrida bo‘lib o‘tadi.
Sputnik

TOShKENT, 8-iyun — Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp Britaniya bosh vaziri Tereza Meyni xushlamasligi sababli Kanadada bo‘lib o‘tadigan “Katta yettilik” sammitida ular o‘rtasida ikki  tomonlama muzokara o‘tkazilmaydi, deb yozdi Telegraph gazetasi Britaniya hukumati vakiliga tayanib.

Skripal ishi: Tereza Mey Rossiyaga ultimatum e’lon qildi

AQSh prezidenti atrofidagi mulozimlar Tramp Meyning “o‘qituvchilik” atvoridan charchaganligini aytishgan.

"Xafa bo‘lishning keragi yo‘q, ammo u xuddi maktab o‘qituvchisiga o‘xshaydi, o‘ylashimcha, u bilan hech kim yaxshi munosabatda bo‘lmasa kerak”, — degan ikki davlat yetakchilari uchrashuvida ishtirok etgan nashr suhbatdoshi.

Gazetaning yozishicha, Meyning o‘zaro telefon muloqoti paytida umumiy muhokama o‘rniga birdaniga siyosiy ikir-chikirlarga o‘tib ketishi Trampni g‘azablantirgan.

Boshqa manbaning so‘zlariga ko‘ra, Tramp shuningdek Britaniya bosh vazirining aksariyat iltimoslari AQSh bilan munosabatlardan foyda olishga urinishdek ko‘rinishi ham yoqmasligini bildirgan.

"Katta yettilik" sammiti 8-9 iyun kunlari Kanadaning La-Malbe shahrida bo‘lib o‘tadi.