O‘zbekiston harbiy xizmatchilariga imtiyozli avtokredit beriladi

Har bir harbiy qismdan 10 nafargacha kishiga respublikada ishlab chiqarilgan budjet avtotransport vositalarini sotib olish uchun imtiyozli kreditlar beriladi.
Sputnik

TOShKENT, 8-iyun — Sputnik. O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi "O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarorni qabul qildi, deb xabar qildi Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" Telegram — kanali.

Andijondagi harbiy qism xizmatchilari ommaviy qirg‘in quroli hujumini "qaytardilar"

Ushbu qarorga muvofiq Mudofaa vazirligining jangovar qismlari va jangovar ta’minot bo‘linmalarining ofitserlariga hamda serjantlar va oddiy askarlar tarkibining kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilariga har bir harbiy qismdan 10 nafargacha kishiga mamlakatda ishlab chiqarilgan budjet avtotransport vositalarini sotib olish uchun imtiyozli kreditlar beriladi.

Kredit shartlari: muddati- 3 oylik imtiyozli davr bilan 10-yil; dastlabki badal-sotib olinadigan avtotransport vositasi qiymatining 15 foizi; foiz stavkasi-kredit berilgan sanada yillik 7 foiz.