"Yashirinib nima qilaman": Putin o‘zining yarim-yalang‘och holdagi suratlariga izoh berdi

Jurnalist Rossiya prezidenti nima uchun “yarim-yalang‘och holda” suratga tushishi va bu suratlar xususiy paparassilar emas, balki Kreml matbuot xizmati tomonidan chop etilishiga qiziqdi.
Sputnik

TOShKENT, 5-iyun — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Venaga rasmiy tashrifi arafasida Avstriyaning ORF telekanaliga intervyu berdi.

Putin G‘arbga “qizil chiziq”dan o‘tmaslikni maslahat berdi

Jurnalist Volf Rossiya rahbariga siyosiy, iqtisodiy va xalqaro xavfsizlikka oid turli savollar berdi.

Jurnalist shuningdek, Rossiya prezidenti nima uchun “yarim-yalang‘och holda” suratga tushishi va bu suratlar xususiy paparassilar emas, balki Kreml matbuot xizmati tomonidan chop etilishiga qiziqdi.

Bunga javoban Vladimir Putin dam olayotgan vaqtida butalar ortiga yashirinishni ep ko‘rmasligini aytdi.

"Siz “yarim-yalang‘och” dedingiz. Xayriyatki, “yalang‘och” emas. Dam olayotgan vaqtimda butalar ortiga yashirinish kerak deb o‘ylamayman va bu holatda hech qanday yomon narsani ko‘rmayman", — dedi u.