O‘zbekistonda dollar kursi pasayishni davom etmoqda

Uch haftadan beri dollar kursi 8000 so‘mdan pastladi - o‘tgan haftada uning qiymati 7 982,25 so‘mga tushib ketgandi.
Sputnik

TOShKENT, 5-iyun — Sputnik. Markaziy bank 5-iyundan e’tiboran xorijiy valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

Dollar kursi o‘tgan haftaga nisbatan 38,18 so‘mga kamayib, 7 944,07 so‘mni tashkil qildi.

Yevro kursi esa 36,53 so‘mga pasayib, 9 262,79 so‘mni tashkil qildi.

Rossiya rubli 0,16 so‘mga qimmatlashdi va 127,73 so‘mni tashkil etdi.

Markaziy bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.