Dariga Nazarbayeva O‘zbekiston bilan "shengen" viza tartibini o‘rnatishni taklif qildi

Silk viza – YeIning shengen vizasiga o‘xshash tartibda amal qiladi: mamlakatlardan biriga viza olgan turist ikkinchisiga kirish huquqiga ega bo‘ladi.
Sputnik

TOShKENT, 5-iyun – Sputnik. Qozog‘iston parlamentining Xalqaro munosabatlar, mudofaa va xavfsizlik qo‘mitasi raisi, Nursulton Nazarbayevning qizi Dariga Nazarbayeva O‘zbekiston bilan Silk viza  vizasi tartibini o‘rnatishni taklif qildi, RIA Novosti xabariga asosan.

Silk viza – YeIning shengen vizasiga o‘xshash tartibda amal qiladi: mamlakatlardan biriga viza olgan turist ikkinchisiga kirish huquqiga ega bo‘ladi.

Qirg‘iziston Markaziy Osiyoda shengen tartibini taklif qilmoqda

Ushbu taklif, Qozog‘istonning Sariagash shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Senatining Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va turizm qo‘mitasi deputatlari uchrashuvda taklif qilindi.

“Qozog‘iston va O‘zbekistonda nafaqat turizmni rivojlantirish, balkim bizning mamlakatlarga xorijiy yurtlardan turistlar kelishini ham rag‘batlantirish kerak. Ular O‘rta Osiyoning barcha diqqatga sazovor joylarini tomosha qilishni istaydi. Buning uchun esa, umumiy viza tashkil qilish kerak bo‘ladi”, - dedi Nazarbayeva.

Uchrashuvda O‘zbekiston va Qozog‘iston senatorlari bojxona nazoratini yaxshilash, o‘zaro savdo-sotiq hajmini oshirish, turizm sohasida hamkorlikni rivojlantirish borasida fikr almashdilar.

Dariga Nazarbayevaning fikriga ko‘ra, shaffof va ochiq, do‘stona chegara tashkil qilish kerak. O‘shanda barcha sohalarda munosabatlar o‘z-o‘zidan tiklanadi.

Senator, shuningdek, O‘zbekiston va Qozog‘iston bojxona jarayonlarini umumiylashtirishni taklif qildi.