Afg‘onistonda diniy ulamolar yig‘ilgan bino yonida portlash yuz berdi, qurbonlar bor

Din ulamolari mamlakatdagi mojaroni qoralovchi fatvoni e’lon qilish uchun to‘plangan bo‘lgan. Hozircha Afg‘onistonda faoliyat yuritayotgan birorta tashkilot portlash uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmagan
Sputnik

TOShKENT, 4-iyun — Sputnik. Afg‘onistonda universitet binosi yonida portlash yuz berdi, deb xabar berdi RIA Novosti.

Shoygu Afg‘onistondagi vaziyatni nostabil deb hisoblaydi

Portlash Qobuldagi Politexnika universiteti yonida ro‘y bergan. U yerga dushanba kuni eng old diniy-ulamolar to‘planishgan edi.

Portlash oqibatida to‘rt kishi halok bo‘lgan, bir kishi jarohatlangan.

Xabarlarga ko‘ra, portlash din ulamolari majlis bo‘lib o‘tgan binoni tark etayotgan mahalida yuz bergan. Majlisda teologlar mamlakatdagi mojaroni qoralovchi fatvoni e’lon qilishgan.

Mamlakatda faoliyat olib boruvchi birorta tashkilot portlash uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmagan.

Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, portlovchi qurilma xudkush-terrorchi tomonidan ishga tushirilgan.