O‘zbekistonlik Oleg Ternovoy "Pesni" tanlovi g‘olibi bo‘ldi

Oleg Ternovoy – oldin Toshkentdagi Rus dramatik akademik teatri artisti hamda tez yordam feldsheri bo‘lib ishlagan.
Sputnik

TOShKENT, 3-iyun — Sputnik.  Oleg Ternovoy (Terry) Rossiyaning TNT telekanali tomonidan tashkil qilingan "Pesni" shou-tanlovining g‘olibi bo‘ldi, Sputnik muxbiri xabariga asosan.

Sergey Shnurov Markaziy Osiyolik migrant bilan rep kuylash niyatida

O‘zbekistonlik xonanda tanlovda "Domofon" va Yegor krid bilant duet aytilgan “Mega” nomli qo‘shiqlari bilan tomoshabinlar esida qoldi. O‘z g‘alabasini esa – onasiga bag‘ishladi. G‘alaba uchun xonandaga 5 mln. Rubl sovg‘a berildi.

Professional xonanda bo‘lmagan Oleg Ternovoyning ushbu tanlovda g‘alaba qog‘onishi kutilmagan hol bo‘ldi. U oldin Toshkent rus dramatik akademik teatri artisti hamda tez yordam feldsheri bo‘lgan.

“Men bu yerga odamlarga orzu qilshdan to‘xtamaslikni, nima bo‘lsa ham o‘z maqsadi yo‘lidan borish kerakligini ko‘rsatgani keldim”, — deb izoh berdi o‘z g‘alabasiga Oleg.

“@ternovoy_oleg besh yildan beri @blackstarofficial!!! bilan shartnoma imzolash uchun harakat qilmoqda. Yo‘l-yo‘lakay u biror marta ham o‘z yo‘nalishini, yoki qo‘ygan maqsadini o‘zgartirmadi va qiyinchiliklardan o‘tib g‘alaba sari intilmoqda. Mana shu haqiqiy haqiqiy g‘olibga xos xususiyat emasmi? Atrofdagilarning tanqid va kulgusi ostida Merkuriy minorasi cho‘qqisiga!!! Xarakter + o‘ziga ishonch + bo‘sh kelmaslik + talant + stil + o‘zini namoyish qila bilish”, — deb izoh berdi Ternovoyning g‘alabasiga rossiyalik reper va konkurs tashkilotchilaridan biri Timati o‘z instagramida.