TOShKENT, 2-iyun — Sputnik. O‘zbekiston Bosh Prokuraturasining Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Bahrom Qobilov lavozimidan bo‘shatildi. Bu haqda UzNews.uz o‘z manbasiga tayanib xabar berdi.
Qayd etilishicha, Bahrom Qobilov shu yilning 7-mayida sud zalidan ozodlikka chiqqan jurnalist Bobomurod Abdullayev ishida davlat ayblovchisi sifatida ishtirok etgandi.
Xabarda aytilishicha, ilgari Bahrom Qobilov prokuratura katta tergovchisi, Mirobod tumani prokurori o‘rinbosari hamda Bosh prokuratura boshqarmasida tergovchi lavozimida ishlagan.