TOShKENT, 1-iyun - Sputnik. O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Tojikistonda ushbu respublika hukumati rahbari Qohir Rasulzoda bilan uchrashdi, deb xabar berdi Tojik telegraf agentligi.
Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonning O‘zbekistonga bo‘lajak tashrifi muloqotning asosiy mavzusi bo‘ldi.
Ikki davlat hukumatlari rahbarlari mazkur voqea ikki davlat munosabatlari rivojiga yangi turtki beradi deb hisoblaydi.
Shuningdek, o‘zaro muloqot chog‘ida mintaqa mamlakatlari o‘rtasidagi hamkorlik hamda Dushanbeda bo‘lib o‘tadigan MDH hukumat rahbarlari Kengashi yig‘ilishining kun tartibi muhokama qilindi.
Tojikiston prezidenti O‘zbekistonga 2018-yilning kuzida rasmiy tashrif bilan kelishi ko‘zda tutilgan.