O‘zbekiston va Fransiya ekstraditsiya to‘g‘risida shartnoma tuzishni muhokama qildi

Fransiya elchisi huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar xodimlari uchun Fransiya davlatidan soha mutaxassislari, ekspertlarni jalb etgan holda birgalikdagi o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazishga qiziqish bildirdi.
Sputnik

TOShKENT, 31-may – Sputnik. O‘zbekiston bosh prokurori Otabek Murodov va Fransiyaning O‘zbekistondagi elchisi Violen de Vilmor o‘zaro uchrashuvda ikki davlat ekstraditsiya va huquqiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomalar tuzish borasida muzokara o‘tkazdi.

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi va FBR "yo‘l xaritasi"ni imzoladi

Uchrashuvda tomonlar ikki tomonlama hamkorlikning keng yo‘nalishlari, jumladan, ekstremizm, terrorizm va uyushgan jinoyatchilikning boshqa turlariga qarshi kurash hamda investorlarni huquqiy qo‘llab-quvvatlash masalalari bo‘yicha fikr almashdilar.

"Fransiya elchisi huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar xodimlari uchun Fransiya davlatidan soha mutaxassislari, ekspertlarni jalb etgan holda birgalikdagi o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazishga qiziqish bildirdi”, - deyiladi O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmati xabarida.

Xabarda aytilishicha, O‘zbekiston Respublikasida inson huquqlari sohasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar va erishilgan yutuqlar Violen de Vilmor tomonidan yuqori baholandi.