TOShKENT, 31-may — Sputnik. Muloqot.uz ijtimoiy tarmog‘i o‘z faoliyatini vaqtincha to‘xtatmoqda. Bu haqda ushbu tarmoqning rasmiy veb saytida e’lon berilgan.
Unda aytilishicha, Muloqot.uz tarmog‘idan foydalanish imkoniyati vaqtinchalik to‘xtatilishi 3-iyuldan amalga oshiriladi.
"Muloqot.uz ijtimoiy tarmoqning yangilangan versiyasi ishga tushirilganda, barcha foydalanuvchilar elektron pochta orqali xabardor qilinadi", — deyilgan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, "Simple Networking Solutions" kompaniyasi 2011-yilda Muloqot.uz ijtimoiy tarmoqni yaratib, ishga tushirgandi. Keyinchalik bu tarmoq O‘zbekistonda eng ommabop ijtimoiy tarmoqqa aylandi.
Muloqot.uz ijtimoiy tarmog‘i o‘zbek va rus tillarida o‘z ish faoliyatini olib borgan.