Sobiq bosh prokuror Rashid Qodirov mahbuslar shifoxonasiga yotqizildi

Shu yilning 22-fevralida hibsga olingan Qodirov Bosh prokuratura rasmiy xabariga ko‘ra, tovlamachilik, hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish va pora olish moddalari bo‘yicha ayblanmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 31-may – Sputnik. O‘zbekiston Respublikasining sobiq bosh prokurori Rashidjon Qodirov xalq tilida “Sangorod” deb ataladigan mahbuslar davolanadigan shifoxonada davolanmoqda. Bu haqdagi xabarni “Xabar.uz”ning ichki ishlar vazirligi tizimidagi manbasi tasdiqladi.

Botir Parpiyev kasalxonaga tushib qoldi - OAV

Ma’lum bo‘lishicha, Rashidjon Qodirov taxminan ikki hafta oldin qon bosimidan aziyat chekib, “Sangorod”ga yotqizilgan. Hozirgi paytda uning ahvoli barqaror ekani aytilmoqda.