TOShKENT, 31-may — Sputnik. Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon va Rossiya Hukumati rahbari Dmitriy Medvedev Dushanbe shahrida o‘tkazilgan muzokaralar vaqtida mehnat migratsiyasi va ta’lim mavzularini muhokama qildilar, deb xabar qildi Tojikiston prezidenti matbuot-xizmati.
Rahmon Medvedevni Rossiya Hukumati raisi lavozimiga tayinlangani bilan tabriklagan va uning Tojikistonga safari — yangi qayta tayinlangan RF Vazirlar Mahkamasi rahbari maqomidagi ilk xorijiy safari ekanligini ta’kidlab o‘tgan.
Tojikiston yetakchisi shuningdek, "Rossiya bilan munosabatlarni rivojlantirish mamlakat tashqi siyosatining ustuvor jihatlaridan biridir", deb qayd etgan ishonch bilan.
Tojikiston prezidenti matbuot-xizmati xabariga ko‘ra, Rahmon va Medvedevmadaniy-gumanitar sohadagi hamkorlik masalalarini muhokama qilganlar va bu yo‘nalishda hamkorlikda ta’sirchan choralarni qabul qilish lozim, degan fikrga kelganlar.
Tojikiston prezidenti Rossiya tomonidan Tojikistonda rus tilida ta’lim beriladigan beshta maktabning qurilish jarayoni tezlashtirilishi muhimligini qayd etgan hamda Tojikistonga yuborilayotgan rossiyalik o‘qituvchilar tarkibi ko‘paytirilishi lozimligini ta’kidlagan.
Mehnat migratsiyasi haqida gapirar ekan, Medvedev va Rahmon tojik mehnat migrantlarining Rossiyada bo‘lish tartibi soddalashtirilishi, ularning ijtimoiy ta’minoti yaxshilanishi hamda mehnat migrantlari Rossiya mehnat bozoriga uyushqoqlik bilan jalb qilinishi masalalarini muhokama qilganlar.