O‘zbekiston harbiylari "Tinchlik missiyasi — 2018" mashg‘ulotlarida qatnashadi

“Tinchlik missiyasi – 2018” antiterror mashg‘ulotlari doirasida Shanxay hamkorlik tashkiloti mamlakatlari bosh shtablari boshliqlarining yig‘ilishi ham bo‘lib o‘tadi.
Sputnik

TOShKENT, 30-may — Sputnik. Chelyabinsk viloyatida ShHTga a’zo sakkiz mamlakat harbiy delegatsiyalari shu yilning avgustida Chebarkul poligonida bo‘lib o‘tadigan “Tinchlik missiyasi – 2018” o‘quv mashg‘ulotlariga tayyorgarlikni muhokama qilish uchun jam bo‘lishdi.

O‘zbekiston Havo hujumidan mudofaa bo‘yicha MDH davlatlari bilan bitim tuzish niyatida

Bu haqda Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati xabar berdi.

"Hindiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy, Pokiston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston harbiy vakillari Chelyabinsk viloyatidagi poligonda o‘tkaziladigan amaliy mashg‘ulotlar rejasi hamda “Tinchlik missiyasi – 2018”da har bir mamlakatdan jalb etiladigan kuch va vositalar tarkibini muhokama qilishadi”, - deyiladi MHO matbuot xizmati xabarida.

“Tinchlik missiyasi – 2018” antiterror mashg‘ulotlari doirasida Shanxay hamkorlik tashkiloti mamlakatlari bosh shtablari boshliqlarining yig‘ilishi ham bo‘lib o‘tadi.

“Tinchlik missiyasi” antiterror mashg‘ulotlari ShHTga a’zo mamlakatlar hududlarida ikki yilda bir marta o‘tkaziladi.

Oxirgi marta mashg‘ulotlar 2016-yilda Qirg‘izistondagi Edelveys poligonida o‘tkazilgan.