Toshkentda yo‘l nozirlari yon kameralarni sinovdan o‘tkazmoqda

YPX xodimlarining kunlik ish faoliyati, haydovchilar bilan o‘zaro muloqotini uzuluksiz yozib boradigan “body camera”lar sinovdan o‘tkazilmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 30-may – Sputnik. Toshkent shahar IIBB yo‘l nozirlari faoliyatini nazorat qilish uchun yon kameralarni sinovdan o‘tkazmoqda, IIBB xabariga asosan.

Videoqayd kamerasi post-patrul xizmati xodimining kiyimiga o‘rnatiladi va atrofda bo‘layotgan voqealarni yozib boradi. Bunday kameralardan foydalanganda guvohlar kerak bo‘lmaydi.

Ushbu videokamera xodimning kunlik ish faoliyati, haydovchilar bilan o‘zaro muloqotini uzuluksiz yozib boradi. Kameralar yagona boshqaruv tizimiga ulangan bo‘lib, markaziy apparat tomonidan boshqariladi.

YPX xodimi kamera yozuvini to‘xtatib qo‘ya olmasligi, qayd etilgan tasvirni o‘chira olmasligi – tizimda korrupsiyaning oldini olishga, adolatli chora-tadbirlar ko‘rishga yordam beradi.

Ushbu zamonaviy uskuna sinovdan o‘tgan taqdirda ulardan sohada keng foydalanish ko‘zda tutilgan.

Toshkentda yo‘l nozirlari yon kameralarni sinovdan o‘tkazmoqda