TOShKENT, 29-may – Sputnik. Dilshod Ahatov O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilovning o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
“2018 yilning 28-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Hay’atiga vazir o‘rinbosari etib tayinlangan Dilshod Ahatov tanishtirildi”, - deyiladi xabarda.
Dilshod Ahatov bunga qadar TIVning Yevropa mamlakatlari va NATO bilan hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i, Germaniya Federativ Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchi lavozimlarida ishlagan.
Shuningdek, TIV Konsullik huquqiy departamenti boshlig‘i etib tayinlangan Ulfat Kadirov ham tanishtirildi. U ilgari Turkiya Respublikasida favqulodda va muxtor elchi lavozimida ishlagan.