“O‘zbekiston o‘z hududida yadroviy tadqiqot rektoriga ega, ikkinchi tadqiqot reaktori ilgari yopilgandi. Shuning uchun davlatda tegishli tarmoqlarda ma’lum tajriba bor. Bundan tashqari, O‘zbekiston tarixan uran hom-ashyosining asosiy ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi”, - deb ta’kidladi ekspert.
Uning so‘zlariga ko‘ra, atom elektr stansiya qurishga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan muhim omillar - moliyalashtirishni jalb qilish imkoniyati va elektr energiyaga talab mavjud.
“Gap bitta quvvati 1000-1200 megavattli atom energobloki uchun 5-6 millard yevro xususida bormoqda”, - deb qo‘shimcha qildi Xlopkov.
Bundan tashqari, muqobil energiya ishlab chiqarish rivojlanishini hisobga olish kerak, shuning uchun AES qurish masalasi maqsadga muvofiqligi dolzarbligicha qolmoqda deb hisoblaydi ekspert.