O‘zbekistonda pensiya miqdori nega kam?

Pensiya yetarli bo‘lishi uchun, soliq to‘lovchilar soni pensiya oluvchilarga nisbatan 1:4 miqdorida bo‘lishi kerak. O‘zbekistonda ushbu ko‘rsatgich 1:1,5 ga teng.
Sputnik

TOShKENT, 28-may – Sputnik.  Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari Pensiya fondi O‘zbekistonda pensiya ta’minot tizimining bugungi holati, istiqbollari va uning samaradorligini oshirishga qaratilgan yangi konsepsiya loyihasi e’lon qilindi.

Demografik omillar

Jamg‘arib boriladigan pensiya tizimiga doir yangi qaror qabul qilindi

O‘zbekistonda umumiy aholi sonida nafaqa oluvchilar ulushi yildan yilga oshib bormoqda. Xususan 2010-yilda aholining 5,9 % nafaqaxo‘r bo‘lgan bo‘lsa 2018-yilda ularning soni – 7,4 % gacha oshgan. Prognozlarga ko‘ra ushbu ko‘rsatgich 2019-yilda 9%dan oshadi, 2025-yilga kelib esa – 11 %ga yetadi.

Buning sabablari bir nechta: O‘zbekistonda nafaqaga chiqish yoshi nisbatan past: Erkaklar – 60, ayollar – 55. Masalan: Qozog‘istonda 63/58, Janubiy Koreyada 60/60, Britaniyada 65/60, Yaponiyada 65/65.

Ikkinchi sabab, bolalar ko‘p tug‘ilgan 50-60 yillarda (bebi-bum) tug‘ilgan fuqarolar aynan hozir pensiya yoshiga yetgan.

Nafaqa miqdori

Ma’lumki, O‘zbekistonda pensiya miqdori – munosib hayot kechirishini ta’minlay  olmaydigan darajada kam. Buning sabablari bir necha.

Ishlayotgan shifokor-pensionerlar pensiyani to‘liq miqdorda oladi

Birinchidan, soliq to‘lovchilar soni juda kam. O‘zbekistonda mehnatga layoqatli aholi soni 17 mln kishi bo‘lsa, shundan 10,2 mln kishi (60%) pensiya fondiga hech qanday to‘lovlar amalga oshirmaydi. Ular yo umuman ishlamaydi, yo iqtisodning “yashirin” sektorida faoliyat yuritadi.

Xalqaro  mehnat tashkiloti talablariga muvofiq, soliq to‘lovchilar soni pensiya oluvchilarga nisbatan 1:4 miqdorida bo‘lishi kerak. O‘zbekistonda bugungi kunda ushbu ko‘rsatgich 1:1,5ga teng.

Ikkinchidan, O‘zbekistonda ij staji 7-yildan kam bo‘lmagan shaxslarga pensiya tayinlash huquqi berilgan. Ya’ni fuqaro mehnatga layoqatli yoshida 7-yil ishlasa kifoya, keyin u pensiyaga umid qilishi mumkin.

Vaholanki, Xalqaro Mehnat tashkilotining Konvensiyasiga muvofiq, yoshiga doir pensiya olish uchun eng kam ish staji 15-yil etib belgilangan.  

O‘zbekistonda 2018-yil 1-iyuldan boshlab tomorqachilarga pensiya beriladi

Solishtirish uchun, Qozog‘istonda - 10-yil, Rossiyada kelasi yildan – 10-yil, Janubiy Koreya, Belorussiyada – 10-yil, Ozarbayjonda – 12-yil, Estoniya, Litvada – 15-yil.

Uchinchidan, pensiya jamg‘armasi mablag‘larining samarasiz taqsimlanishi natijasida. Xususan, jamg‘arma mablag‘larining sezilarli qismi imtiyozli pensiyalarni ta’minlashga sarflanadi. Bunday pensiyalar jami pensiyalarning salkam 20% ini tashkil qiladi.

Pensiya tizimini isloh qilish konsepsiyasi  

  • Normativ huquqiy bazani yaxshilash;
  • Zamonaviy axborot-kommunikatsiya tizimini joriy etish;
  • Tizimining ijtimoiy adolati va samaradorligini oshirish. Pensiyaga chiqish yoshini bosqichma bosqich oshirib borish, eng kam ish staji miqdorini oshirish;
  • Rag‘batlantiruvchi mexanizmlarni joriy etish. Ish staji va pensiya miqdori orasida bog‘liqlikni oshirish;
  • Fuqarolarning ixtiyoriy ishtirokini ta’minlash. Masalan: ishlayotgan er uchun xotinining bo‘lajak pensiyasiga sug‘urta to‘lash imkonini yaratish.

Hujjatning to‘liq matni bilan Pensiya jamg‘armasi sahifasida tanishing.