“Yandeks.Taksi” litsenziyasiz haydovchilar haqidagi xabarga rasmiy izoh berdi

Biroz oldin O‘zbekiston avtotransport agentligi, mahalliy taksi kompaniyalari murojaatlariga asosan litsenziya olmasdan faoliyat yuritayotgan 26 nafar “Yandeks.Taksi” haydovchilarini aniqlagan edi.
Sputnik

TOShKENT, 27-may – Sputnik. “Yandeks.Taksi”ning xalqaro strategiya bo‘yicha direktori Aram Sargsan O‘zbekistonda “Yandeks.Taksi” tizimida ishlayotgan 26 nafar noqonuniy haydovchi aniqlangani haqidagi xabarga quyidagicha izoh berdi.

Toshkentda 20dan ziyod noqonuniy “Yandeks.Taksi” avtomobillari jarima maydoniga jo‘natildi

“Yandeks.Taksi – bu mobil ilova bo‘lib, u mahalliy foydalanuvchilarni mahalliy taksoparklar bilan bog‘lash uchun ishlatiladi. Biz – yo‘lovchi tashuvchi emasmiz. Bizda o‘z mashina yoki haydovchilarimiz yo‘q. Biz faqat mahalliy yuridik shaxslar – taksopark va dispetcherlik  xizmatlari bilan ishlaymiz. Shu sabali litsenziya olish uchun javobgarlik, haydovchilarni tekshirish va boshqa masalalar ularning zimmasida.

Litsenziyasi yo‘q haydovchilar xaqidagi xabarni biz tasdiqlay yoki inkor eta olmaymiz, chunki biz haydovchilar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa qilmaymiz. Lekin biz bilan shartnoma imzolagan hamkorlarimiz O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligini ijro etish majburiyatini o‘z zimmalariga oladilar. Agar biz bunday qonunbuzarliklardan xabar topsak, albatta hamkorimizdan buni aniqlashni so‘raymiz.

Eslatib o‘tamiz, biz O‘zbekistonning mahalliy va davlat organlari bilan doimiy ravishda aloqadamiz va birgalikda mahalliy taksi xizmatlari bozorini qonuniylashtirish haqida ishlamoqdamiz", — deyilgan kompaniya xabarida.

Uznews.uz xabariga asosan.