Turkiya O‘zbekistonga pensiya tizimini isloh qilishga yordam beradi

2018 yil davomida Moliya vazirligining 600ga yaqin vakillari ana shunday malaka oshirish va tajriba almashish kurslarida ishtirok etishlarini rejalashtirgan.
Sputnik

TOShKENT, 25-may – Sputnik. Turkiya O‘zbekistonga pensiya tizimini isloh qilishga yordam beradi. O‘zbekiston moliya vaziri o‘rinbosari Dilshod Sattorovning Turkiya ijtimoiy himoya raisi Jevdat Jeylan bilan uchrashuvida bu borada kelishuvga erishildi.

"O‘zaro hamkorlik va pensiya tizimini isloh qilish bo‘yicha maxsus ishchi guruhini shakllantirish bo‘yicha kelishuvga erishildi”, - deyiladi vazirlik matbuot xizmati xabarida.

O‘zbekistonlik mutaxassislar, shuningdek, Anqaradagi Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti o‘quv markazida (OECD) “yashirin” iqtisodiyotning davlat budjeti daromad qismiga ta’sir ko‘rsatishi bo‘yicha maxsus kursda ham qatnashishdi.

2018 yil davomida Moliya vazirligining 600ga yaqin vakillari ana shunday malaka oshirish va tajriba almashish kurslarida ishtirok etishlarini rejalashtirgan.