Putin bekor bo‘lgan AQSh va KXDR sammiti haqida: Kim Chen In bergan va’dalarini bajardi

Ilgariroq AQSh prezidenti Donald Tramp Kim Chen Inga yo‘llagan maktubida KXDRning "dushmanona" bayonotlari tufayli Singapurda 12-iyun kuniga belgilangan sammitning o‘tkazilishini nomuvofiq deb hisoblashini ma’lum qilgandi
Sputnik

TOShKENT, 25-may — Sputnik. Shimoliy Koreya AQSh bilan rejalashtirilgan, ammo bo‘lib o‘tmagan sammit arafasida o‘zining barcha bergan va’dalarini bajardi, deb ta’kidladi RF prezidenti Vladimir Putin, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralardan keyin jurnalistlar savollariga javob berar ekan.

Tramp Kim Chen In bilan uchrashuvdan voz kechdi

"Kim Chen In o‘zi tomonidan u bungacha bergan barcha va’dalarni bajardi - hatto o‘z poligonidagi tonnel va shaxtalarni ham portlatdi. Shundan so‘ng esa biz AQSh tomonidan ushbu uchrashuvning bekor qilingani haqida eshitdik", - dedi Putin.

Ilgariroq AQSh prezidenti Donald Tramp Kim Chen Inga yo‘llagan maktubida KXDRning "dushmanona" bayonotlari tufayli Singapurda 12-iyun kuniga belgilangan sammitning o‘tkazilishini nomuvofiq deb hisoblashini ma’lum qilgandi. Tramp sammit bekor qilinganini, ammo Kim Chen In bilan kelajakda uchrashishga tayyorligini ta’kidlagan.