Buxoroda "Ipak va ziravorlar" festivali boshlandi

Uch kun davomida ko‘hna va boqiy Buxoroning diqqatga sazovor manzillari bo‘ylab o‘tkaziladigan festival bu yil 17 bor o‘tkazilmoqda
Sputnik

TOShKENT, 25-may — Sputnik. Buxoroda 17 an’anaviy "Ipak va ziravorlar" festivali boshlandi, deb xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

O‘zbekistonga kelganda, albatta boriladigan 10ta joy

Uch kun davomida ko‘hna va boqiy Buxoroning diqqatga sazovor manzillari bo‘ylab o‘tkaziladigan festival bu yil 17 bor o‘tkazilmoqda. Erta tongdan ko‘hna "Ark" qo‘rg‘onidan boshlangan tadbirlar "Labi havuz" aysambiliga ko‘chdi.

"Mazkur ansambil atrofiga 3 minga yaqin ishtirokchilar, dunyoning 30dan ortiq mamlakatlaridan tashrif buyurgan sayyohlar va mehmonlar hozir bo‘lishdi, tadbirni Buxoro shahar hokimi K.Kamalov ochib berdi", — deyiladi Buxoro viloyati hokimligi xabarida.

Loyiha zamirida o‘zbek xalqining asriy urf-odatlari, milliy hunarmandchilik va amaliy san’ati,musiqa,raqs,xalq og‘zaki ijodi, boy madaniy merosini saqlash, uni qayta tiklash va xorijda keng targ‘ib etishdek oliyjanob maqsad mujassam.