TOShKENT, 24-may — Sputnik. Moskva shahrida O‘zbekiston elchixonasida Toshkent shahar delegatsiyasi bilan Moskva meriyasi o‘rtasida Tahskent City qurilishi masalalari bo‘yicha muzokaralar o‘tkazilib, Rossiya biznes vakillariga yangi majmuasi haqida taqdimot o‘tkazildi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.
Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev so‘zlariga ko‘ra, Tashkent City O‘zbekistonning poytaxti uchun muhim developerlik va investitsiya loyihasi hisoblanadi. Poytaxt rahbari qurilayotgan majmuadagi barcha maydonlar sotilganligi va bo‘sh joylar qolmaganligini ta’kidlab o‘tdi.
Tashkent City vakili Anna Barsukova ushbu loyiha xorijiy biznes uchun investitsiya maydonchaga aylanligi, dunyoning ko‘plab kompaniyalari bunga katta qiziqish bildirilayotganligi va pul mablag‘larini sarflashga tayyor ekanligini bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, Tashkent City xalqaro biznes markazi poytaxtning Alisher Navoiy, Olmazor, Islom Karimov va Furqat ko‘chalari oralig‘idagi 80 gektar hududda barpo etiladi. Loyihaga muvofiq Tashkent Cityda biznes markazlar, savdo majmualari, mehmonxonalar, ofislar, kongress-xol, ko‘rgazma zallari, ko‘p qavatli zamonaviy uylar, restoranlar, sun’iy ko‘l, favvoralar, ijtimoiy va boshqa obyektlar quriladi.
Loyiha bir milliard dollar miqdorida baholanmoqda.