Afg‘oniston shimolidagi 20 ming nafar jangarilar tufayli ODKBga tahdid kuchaymoqda

Rossiya xavfsizlik Kengashi kotibi so‘zlariga ko‘ra, Afg‘onistondagi terrorchilik tashkilotlarning Tojikiston va O‘zbekistonga kirib borish xavfi ortib bormoqda.
Sputnik

TOShKENT, 24-may — Sputnik. Rossiya xavfsizlik Kengashi kotibi Nikolay Patrushev so‘zlariga ko‘ra, Afg‘oniston shimolida jangarilar soni 15-20 ming kishini tashkil qiladi va ODKBga a’zo bo‘lgan davlatlarning xavfsizligiga tahdid ortib bormoqda.

Pentagon: O‘rta Osiyodagi "ID" tahdidi Moskva propagandasidan boshqa narsamas

"ODKBga a’zo bo‘lgan davlatlarning bevosita chegaralariga yaqin joyda terrorchilik tashkilotlar faoliyati faollashmoqda. Afg‘oniston shimolida jangarilarining umumiy soni 15-20 ming kishi mavjud bo‘lib, shulardan 7 ming kishi Tojikiston bilan chegara yaqin hududlarida joylashgan", — deb ta’kidladi Patrushev ODKB xavfsizlik kengash kotiblarining uchrashuv chog‘ida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, "Islomiy davlat" emissarlari va "Tolibon" harakati va boshqa terrorchilik tashkilotlarning faollashuvi tufayli Afg‘onistonda vaziyat yomonlashmoqda. Ushbu davlat hududidan ODKBga a’zo bo‘lgan davlatlarining xavfsizligiga rahna solmoqda.

 "Shu bilan birga, Afg‘onistondagi terrorchilik tashkilotlarning Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekistonga o‘tish xavfi tobora kuchaymoqda. Jangari guruhlarining kiritish, qurollarni yetkazib berish, ekstremistlar safiga yoshlarni jalb qilish harakatlari amalga oshirilishi mumkin", — deb qo‘shimcha qildi Patrushev.

Shu sababli Rossiya ODKB doirasida terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha hamkorlikni izchil kengaytirib bormoqda. Bu o‘z navbatida Afg‘onistondagi beqaror vaziyat sharoitida istiqbolli ustunlikka ega, deb yakun yasadi xavfsizlik kengashi kotibi.