TOShKENT, 23-may — Sputnik. Tojikiston Ichki ishlar vaziri O‘zbekistonga tashrif buyurdi, deb xabar qildi O‘zbekiston IIV matbuot-xizmati.
"Bugun Tojikiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi delegatsiyasi O‘zbekistonga keldi. Ayni damda tashrif doirasida "Hayatt Regency Tashkent" mehmonxonasining konferensiyalar zalida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri general-mayor Po‘lat Bobojonov va Tojikiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri militsiya general-polkovnigi Ramazon Xamro Raximzoda bilan rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tmoqda", — deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, uchrashuvda terrorizm, ekstremizmning turli ko‘rinishlari, transmilliy uyushgan jinoyatchilik, noqonuniy migratsiya, odam savdosiga qarshi kurashish, tezkor axborot almashishni faollashtirish yuzasidan o‘zaro manfaatli hamkorlik qilish masalalari muhokama qilinishi rejalashtirilgan.