TOShKENT, 23-may — Sputnik. Arab davlatlari ligasi (ADL) o‘z elchixonasini Tel-Avivdan Quddusga ko‘chirgani Gvatemala Tashqi ishlar vazirligi bilan o‘zaro anglashuv memorandumini bekor qildi, shuningdek, ushbu Lotin Amerikasi mamlakati bilan hamkorlikni to‘xtatdi.
"ADL Bosh kotibi Ahmad Abul Geytning ko‘rsatmalariga asosan tashkilot kotibiyati Gvatemala TIV bilan 2013-yilda imzolangan o‘zaro anglashuv memorandumini bekor qildi, shuningdek, Gvatemala tomonni ushbu mamlakatning Quddus bo‘yicha pozitsiyasi tufayli barcha sohalarda hamkorlik davom ettirilmasligi haqida xabardor etdi", — deyiladi hujjatda.
O‘tgan haftada Gvatemala o‘z elchixonasini Tel-Avivdan Quddusga ko‘chirgan Lotin Amerikasi mamlakatlari orasida birinchi, dunyo bo‘yicha esa AQShdan keyingi davlatga aylandi. So‘ngra ularga Paragvay ham ergashgan edi.
Sal oldin ALD Quddusni Isroil poytaxti deb tan oladigan AQSh yoki har qanday boshqa davlatga qarshilik ko‘rsatish bo‘yicha reja ishlab chiqishi haqida ma’lum qilgan edi. Xususan, bunday qadamlarga kelajakda boshqa yo‘l qo‘yilmasligi maqsadida, siyosiy, huquqiy va iqtisodiy choralar ishlab chiqilayotgani aytilgandi.
Quddusning hal etilmagan maqomi tufayli hozircha boshqa davlatlar elchixonalari Tel-Avivda qolmoqda.