Sergey Shoygu rasmiy tashrif bilan Toshkentga keldi

Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan muzokaralar o‘tkazadi, shuningdek, respublika Mudofaa vaziri general-mayor Abdusalom Azizov bilan ishchi uchrashuvini o‘tkazadi
Sputnik

TOShKENT, 22-may — Sputnik. Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vaziri armiya generali Sergey Shoygu Toshkentga yetib keldi. O‘zbekiston poytaxtida Shoygu xalqaro va mintaqaviy xavfsizlik masalalarini muhokama qiladi, shuningdek, Rossiya-O‘zbekiston hamkorligi bo‘yicha muzokaralar o‘tkazadi.

Mirziyoyev va Putin o‘rtasida telefon muloqoti bo‘lib o‘tdi

Bu haqda dushanba kuni jurnalistlarga Rossiya Mudofaa muassasasi matbuot-kotibi Rossiyana Markovskaya xabar qildi.

"Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vaziri armiya generali Sergey Shoygu rasmiy tashrif bilan O‘zbekiston Respublikasiga yetib keldi. Tashrif dasturiga asosan RF Mudofaa vaziri O‘zbekiston Respublikasi prezidenti prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilinadi, shuningdek, respublika Mudofaa vaziri Abdusalom Azizov bilan ishchi uchrashuvini o‘tkazadi", — dedi Markovskaya.

Ayolning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya mudofaa muassasasi rahbari muzokaralar davomida xalqaro va mintaqaviy xavfsizlik masalalarini, ikkiyoqlama harbiy va harbiy-texnik hamkorlik masalalarini muhokama qiladi.

Eslatib o‘tamiz, kuni kecha Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin telefon orqali Rossiya prezidentining O‘zbekistonga tashrifiga tayyorgarlik masalalarini muhokama qilishgan edi.