TOShKENT, 22-may — Sputnik. AQSh hech qachon KXDRga nisbatan harbiy variantni kun tartibidan olib tashlamagan, deb bayonot qildi seshanba kuni Fox News telekanali efirida AQSh vitse-prezidenti Mayk Pens.
Ilgariroq AQSh prezidenti Donald Tramp mabodoShimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In bilan 12-iyunda Singapurda o‘tkaziladigan muzokaralarda kelishuvga bora olmasa, KXDRga nisbatan "Liviya ssenariysi" qo‘llanilishini aytgan edi.
"Agar siz Kaddafiy bilan bog‘liq ssenariyni ko‘zdan kechirsangiz, bu buzg‘unchilik bo‘lgan. Biz u yerga u yerda bo‘lish uchun kirib borganmiz. Agar kelishuvga bora olmasak, shu ssenariyni qo‘llaymiz. Lekin agar kelisha olsak, u holda Kim Chen In juda-juda mamnun bo‘ladi", — degan edi Tramp.
Eslatib o‘tamiz, ilgariroq Renxap agentligi Vashington va Seulning hamkorlikda o‘tkazgan harbiy mashg‘ulotlari tufayli KXDR 12-iyun sanasiga Singapurda belgilangan Tramp va Kim Chen Inning uchrashuvini bekor qilish bilan tahdid qilayotgani haqida xabar tarqatgan edi.
KXDR shuningdek, Janubiy Koreya bilan vazirlar darajasida o‘tkazilishi belgilangan muzokaralardan ham bosh tortgan edi.
AQSh prezidenti Donald Tramp esa bu orada AQSh va KXDR sammitga tayyorgarlik ko‘rishda davom etayotgani haqida tinmay ta’kidlab kelmoqda. Trampga ko‘ra, AQSh tomon oliy darajadagi ikkiyoqlama sammitni bekor qilish bo‘yicha KXDRdan bildirish olmagan.
Xususan, Tramp bu haqda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvi oldidan jurnalistlarga ma’lum qilgan edi.