Astraxan viloyatida 30 dan ortiq o‘zbekistonliklar ushlandi

Muhojirlar ushbu viloyat hududida noqonuniy yashashgan. Huquq tartibot organlari ular ma’muriy javobgarlikka tortildi.
Sputnik

TOShKENT, 21-may — Sputnik. Astraxan viloyati Krasnoyarsk tumanida chegara xizmati xodimlari tomonidan 30 dan ortiq O‘zbekiston fuqarolarini qo‘lga olishdi, deb xabar qildi mahalliy "Xronometr. Astraxan" narshi.

Domodedovoda noqonuniy migratsiya bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olindi – video lavha

Chegara xizmati boshqarmasi matbuot xizmati mutaxassisi Irina Gafurovaning so‘zlariga ko‘ra, muhojirlar Rossiyada migratsiya qonunchiligini buzishgan. Huquq tartibot organlari tomonidan ushbu muhojirlar ma’muriy javobgarlikka tortiladi.

Yaqin vaqtlarda muhojirlar mamlakatdan chiqarib yuboriladi.

Shu yil aprel oyida O‘zbekiston va Rossiya mehnat muhojirlari uchun patent olishni soddalashtirishdi. Endi rus tili bo‘yicha imtihon va sug‘urta to‘lovini O‘zbekiston hududida amalga oshirish mumkin. O‘zbekistonda muhojirlarga berilgan tibbiyot hujjatlarni Rossiyada tan olinishini ta’minlash masalasi ko‘rib chiqilmoqda.