Samarqandga yo‘l olgan samolyot favqulodda qo‘nishga majbur bo‘ldi

Qo‘nish vaqti yo‘lovchilar va samolyot zarar ko‘rmagan. Qo‘nish sababi – texnik nosozlik bo‘lishi mumkin. Ayni damda Rossiya Tergov qo‘mitasining Ural bo‘linmasi ushbu holat yuzasidan tekshiruv o‘tkazmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 16-may — Sputnik. “Ural avialiniyalari”ning Yekaterinburgdan Samarqandga yo‘l olgan samolyoti “Qolsovo” aeroportiga  favqulodda qo‘nishga majbur bo‘ldi. Bu haqida o‘lka Tergov qo‘mitasi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

O‘zbekiston samolyoti Sankt-Peterburgda favqulodda qo‘ndi

Xabarda aytilishiga ko‘ra, 16-may kuni, mahalliy vaqt bilan soat 01:04 da Yekaterinburgdan Samarqandga yo‘l olgan Airbus A320 samolyoti “Kolsovo” aeroportiga  favqulodda qo‘nishga majbur bo‘lgan. Samolyot bortida 47 kishi bo‘lgan, jumladan 6 ta ekipaj a’zosi ham.

Qo‘nish vaqti yo‘lovchilar va samolyot zarar ko‘rmagan. Qo‘nish sababi – texnik nosozlik bo‘lishi mumkin.

Ayni damda Rossiya Tergov qo‘mitasining Ural bo‘linmasi ushbu holat yuzasidan tekshiruv o‘tkazmoqda.