TOShKENT, 16-may – Sputnik. Bugun Toshkentda POWERUzbekistan xalqaro energetikaga ko‘rgazmasi o‘z ishinio‘z ishini boshladi. Unda "Rosatom" korporatsiyasi ham ilk bor o‘zining yangi texnologiyalarini taqdim etdi.
"Rosatom" ko‘rgazmada atom elektr stantsiyalarini loyihalash va qurishda foydalanadigan eng yangi texnologiyalarini taqdim etadi. Yadroviy energiya sohasida keng ko‘lamli va xavfsiz takliflar bilan bir qatorda biz gaz, neft-kimyo, issiqlik energiyasi, gidroenergetika, tibbiyot, qishloq xo‘jaligi va boshqa shu kabi asosiy iqtisodiy sohalar uchun ko‘plab yechimlarni taklif etamiz. Bundan tashqari, biz O‘zbekiston Respublikasi bilan ilmiy rivojlantirish, ilmiy-texnikaviy tajriba almashish sohalari bo‘yicha aloqalarni kengaytirmoqdamiz ", — dedi "Rosatom — Xalqaro tarmoqlar" majmuasi prezidenti Aleksandr Merten.
Bugungi kunda "Rosatom" davlat korporatsiyasi - jahon yadro bozorida yetakchi rol o‘ynamoqda. Kompaniya tarkibiga 300 dan ortiq korxona va tashkilot kiradi, ularning mahsulot va xizmat turlari juda kengdir – yirik AESlari qurishdan boshlab noenergetik mahsulotlargacha.
"Rosatom" nafaqat Rossiya texnologiyalari asosida atom stansiyalarini qurishning integratsiyashtirilgan taklifini, balki mijozlar mamlakatida atom infratuzilmasini yaratish va rivojlantirish, milliy kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, davlat hududida ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, yonilg‘i bilan ta’minlash, atom stansiyalarini ta’mirlash va ishlatishda yordam ko‘rsatishni o‘z ichiga oladi.
Shuningdek, kompaniya noatomli mahsulotlar ham ishlab chiqarmoqda. “RASU A” kompaniyasining neft va gaz sanoatida texnologik jarayonlarni avtomatlashtirilgan nazorat qilish tizimlari, AO “AEM”-dan neft va gaz sanoati uchun mashinasozlik texnologiyasi, AO "Obedinyonnaya teploenergeticheskaya kompaniya"- dan suvni sho‘rsizlantirish va tozalash texnologiyalari yaratish bilan shug‘ullanadi.
Eslatib o‘tamiz, "Rosatom" yadroviy texnologiyalar sohasida dunyodagi liderlardan biridir. 2017 yilda kompaniya 202,868 milliard kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqargan. Bu Rossiyada ishlab chiqarilayotgan energiya hajmining 18,9 %ini tashkil qiladi.
Rosatom dunyoda eng ko‘p AES qurgan tashkilot hisoblanadi. Kompaniya bugungi kunga qadar dunyoning 12 mamlakatida 33 ta energoblok qurgan. Shuningdek, “Rosatom” uran zahiralari bo‘yicha dunyooda 2-o‘rin va ishlab chiqarish bo‘yicha 4-o‘rinni egallaydi.