Muhim tarixiy voqea: Yevropaning eng uzun bo‘lgan Qrim ko‘prigi ochildi

Sputnik

Ko‘prik ochilish marosimida Rossiya prezidenti Vladimir Putin ishtirok etdi.

Rossiya hududida eng uzun bo‘lgan Qrim ko‘prigi qurilishi 2014-yilda boshlangan edi. Reja bo‘yicha ko‘prik qurilishi 2018-yil dekabrida yakunlanishi kerak edi. Qurilish ikki qirg‘oq tomonidan bir vaqtda boshlangan va muddatidan 6 oy oldin yakunlandi.

Ko‘prik qurilishida bir vaqtning o‘zida 15 minggacha odam ishlagan.