TOShKENT, 16-may — Sputnik. Qadimgi Quddus shahri devorlarida Gvatemala bayrog‘i tasviri namoyish etildi. Mamlakat elchixonasi 16-may kuni Tel-Avivdan Quddusga ko‘chirildi, deb xabar qildi RIA Novosti.
Quddus meri o‘zining bayonotida mamlakat prezidenti Moralesga tashakkurnoma izhor qilgan va uning dipmissiyani ko‘chirish haqidagi qarorini "mardonavor" qaror deya baholagan.
"Men boshqa mamlakatlarni AQSh va Gvatemalaga qo‘shilishga chaqiraman — sizlar ham to‘g‘ri ish tutib o‘z elchixonalaringizni bizning abadiy poytaxtimiz — Quddusga ko‘chiring", — deyiladi mer bayonotida.
Dushanba kuni AQSh o‘zining elchixonasini Tel-Avivdan Quddusga ko‘chirgan edi. Ushbu voqea G‘azo sektorida ziddiyatlar avj olishiga va AQShning yangi elchixonasi binosi yonida norozilik namoyishlari boshlanishiga sabab bo‘ldi.
Shu paytgacha kamida uchta davlat AQShga taqlid qilib, o‘z elchixonalarini Quddusga ko‘chirishi ma’lum qilingan edi. Xabarlarga ko‘ra, Quddusga o‘z elchixonasini ko‘chiradigan uchinchi mamlakat Paragvay bo‘lib, dipmissiyaning ochilish marosimi may oyining oxiriga rejalashtirilgan.