TOShKENT, 15-may — Sputnik.Ushbu yilning 1-iyunidan boshlab madaniyat sohasi xodimlarining oylik maoshi 45%ga oshiriladi. Bu haqida yaqinda imzolangan prezident qarorida aytib o‘tilgan.
Gap “davlat madaniyat muassasalarining ma’muriy va badiiy boshqaruv xodimlari, artistlar, ijodkorlar, sohaning boshqaruvchi xodimlari hamda davlat arxivlari mutaxasisslari haqida ketmoqda”, — deyilgan hujjat matnida.
Undan tashqari har bir kvalifikatsion kategoriya uchun maosh asosi belgilanadi hamda oylik maosh miqdorida ish staji ham hisobga olinadi.
Konsertlar va ommaviy ko‘ngilochar tadbirlar tashkil qiladigan korxonalar uchun soliq miqdori 30 %dan 5% gacha kamaytiriladi.