Rossiya yuqori darajada himoyalangan patentlar tayyorlamoqchi

Rossiya xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushevning aytishicha, noqonuniy migratsiya kanallarini tashkil etuvchi uyushgan jinoyatchilikning o‘sishi kuzatilmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 15-may — Sputnik. Rossiya xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev yuqori darajada himoyalangan elektron tashuvchili patentlar loyihasi yaratilganini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Sputnik Tojikiston.

O‘zbekiston va Rossiya migrantlar uchun patent olishni soddalashtirdi

Uning so‘zlariga ko‘ra, yangi turdagi patentlar soliq qonunchiligiga rioya qilinishini nazorat qilishda yordam beradi.

Uning qayd etishicha, Volgabo‘yida noqonuniy migratsiya kanallarini tashkil etuvchi uyushgan jinoyatchilikning o‘sishi kuzatilmoqda. "Nelegal-2017" operatsiyasi davomida okrugda migratsiya qonunchiligini buzish bo‘yicha 13 mingta holat qayd etilgan, 1,2 mingdan ortiq xorijlik chiqarib yuborilgan, 29 million rublga yaqin jarima solingan, 673ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Shuningdek, umumiy qiymati 30 milliard rublga teng 142 mingta shubhali moliyaviy operatsiyalar amalga oshirilgan.