O‘zbekistonda dollar va yevro kursi pasayishni davom etmoqda

Dollar kursi o‘tgan haftada 8,96 so‘mga kamayib, 8 059,24 so‘mni tashkil qildi.
Sputnik

TOShKENT, 14-may — Sputnik.Markaziy bank 15-maydan e’tiboran xorijiy valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

Dollar kursi o‘tgan haftaga nisbatan 33,41 so‘mga kamayib, 8 025,83 so‘mni tashkil qildi.

Yevro kursi esa 41,56 so‘mga pasayib, 9 597,29 so‘mni tashkil qildi.

Rossiya rubli 0,90 so‘mga ko‘tarilib, 129,63 so‘mni tashkil etdi.

Markaziy bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.