Bo‘kada yetti niqobli bosqinchi bir oilaning pullari va mashinasini olib ketdi

Yetti nafar bosqinchi yuziga niqob taqib olgan holda Sh.Mning uyiga bostirib kirgan
Sputnik

TOShKENT, 14-may — Sputnik. Toshkent viloyatining Bo‘ka tumanida noma’lum shaxslar yuzlariga niqob kiygan holda Sh.M.ning uyiga bostirib kirdi, deb xabar qildi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi matbuot-xizmati.

Toshkentda arzon telefon uchun bosqinchi fuqaroni pichoqladi

Xabarga ko‘ra, bosqinchilar Sh.Mning turmush o‘rtog‘i — J.M.ni pichoq bilan qo‘rqitib, yuziga qo‘llari bilan urib jarohat yetkazganlar. So‘ngra uyidagi bor pullari hamda kuzatuv kamerasi xotirasini olishgan va hovlidagi Sh.M.ga tegishli "Neksiya" rusumli avtomashinasiga o‘tirib, voqea joyidan yashiringanlar.

Olib borilgan qidiruv ishlari natijasida avtomashina Bo‘ka tumani Ho‘jaqo‘rg‘on mahallasidan topilgan.

Shuningdek ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Yangiyo‘l tumanida yashovchilar — B.M., B.Q., A.A., M.J., D.A., A.K. va H.X.lar sodir etganliklari aniqlangan. Bosqinchilar qo‘lga olingan.