Toshkentda "Mumtoz" to‘yxonasi 2-3 yilda buziladi

Belgilangan dastur rejasiga ko‘ra, ana shu tantanalar maskani joylashgan manzildan ayni damda qurilish ishlari olib borilayotgan "Suzuk ota" maqbarasi ko‘rinib turishi lozim.
Sputnik

TOShKENT, 10-may — Sputnik. Toshkentning Shayxontohur tumanida joylashgan "Mumtoz" to‘yxonasi yaqin 3-4 yildan so‘ng buziladi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi Shayxontohur tumani hokimi Bahodir G‘oibnazarov ma’lumotiga tayangan holda xabar qildi.

"Ezidiyor" to‘yxonasi o‘z joyini "Tashkent City"ga bo‘shatib beradi

Tuman hokimining xabar berishicha, "Mumtoz" to‘yxonasi buzilishi rejada bor.

Ammo bu yaqin yillarda amalga oshmaydi, 3-4 yildan so‘ng to‘yxona joyi tekislanishi lozim.

Belgilangan dastur rejasiga ko‘ra, ana shu tantanalar maskani joylashgan manzildan ayni damda qurilish ishlari olib borilayotgan "Suzuk ota" maqbarasi ko‘rinib turishi lozim.