TOShKENT, 10-may — Sputnik. O‘zbekiston hukumati "Uzbekistan Airways" davlat aviakompaniyasini xususiylashtirishga tayyor. Bu haqda Reuters agentligi rasmiy manbaaga tayangan holda xabar qildi.
Iqtisodiyotning boshqa yiriq tarmoqlari — oltin qazib olish va neft sanoati hozircha to‘liq davlat nazoratida qolmoqda. Energetika masalasi muhokama qilinmoqda.
O‘zbekiston Bosh vazir o‘rinbosari Suxrob Xolmurodovning so‘zlariga ko‘ra, yaqin kelgusi 3-5 yillarda O‘zbekiston strategik maqsadlardan bir — Butunjahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishdir. Shuningdek, davlat yaqin yillarda yirik gidroelektr stansiyalarni barpo etish va ularga xorijiy mutaxassislarni jalb qilish, bojxona rejimlari va yer qonunchiligiga o‘zgartirishlar kiritish ko‘zda tutilmoqda.
"Orqaga yo‘l yo‘q. Biz mamlakatda yanada ijobiy o‘zgarishlar bo‘lishini istaymiz", — deb ta’kidladi jurnalistlarga Xolmurodov.