Veteranlar raqsi, prezidentdan surpriz va o‘zbek xalqining ma’naviy jasorati

Bu yil O‘zbekistonda 9-may bayrami o‘zgacha ruhda nishonlandi. Prezident avvaliga Botanika bog‘ida vujudga keltirilgan "urush yillari" muhitini ko‘zdan kechirgan bo‘lsa, so‘ngra butun O‘zbekiston xalqiga tabrik nutqini o‘qib eshittirdi va kutilmaganda tadbirga kelgan veteranlarning har birini bag‘riga bosib shaxsan qutladi. Bunaqasi hali bo‘lmagan...
Sputnik

TOShKENT, 9-may — Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Ikkinchi jahon urushi yillarida yuzlab o‘zbek oilalari evakuatsiya qilingan yetim bolalarni o‘z tarbiyasiga oldi. Ana shunday buyuk insonparvarlik yuksak ma’naviy jasorat namunasi sifatida butun dunyoda e’tirof etildi, deb ta’kidladi 9-may kuni Toshkentdagi Botanika bog‘ida so‘zlagan nutqida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev.

Or-nomus jangda, kelajak O‘zbekistonda asrab qolindi
"O‘sha suronli yillar haqida gapirganda, xalqimizning olijanob gumanistik fazilatlari to‘g‘risida har qancha faxrlanib, g‘ururlanib so‘z yuritsak, arziydi, albatta. O‘zbekiston urush tufayli uy-joyi, ota-onasi va qarindoshlaridan ajralgan, front hududlaridan ko‘chirib keltirilgan qariyb 1 million kishini o‘z yaqinlaridek kutib oldi. Ularning 200 ming nafari bolalar edi. Yuzlab o‘zbek oilalari evakuatsiya qilingan yetim bolalarni o‘z tarbiyasiga oldi. Oxirgi burda nonini ham ular bilan baham ko‘rdi. Va ana shunday buyuk insonparvarlik yuksak ma’naviy jasorat namunasi sifatida butun dunyoda e’tirof etildi", — deb ta’kidladi O‘zbekiston rahbari.

O‘zbekistonda 9-may bayrami bu yil o‘zgacha ruhda nishonlandi. Ikkinchi jahon urushida qozonilgan G‘alabaning 73-yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbiri Toshkent shahridagi Botanika bog‘ida bo‘lib o‘tdi.

Voyennaya texnika na meropriyatie organizovannom v chest 73 letiya Pobedi vo Vtoroy mirovoy voyne, Tashkent

Bayramda O‘zbekistonning barcha viloyatlaridan urush va mehnat faxriylari, Hukumat rahbarlari, davlat va jamoat tashkilotlari mutasaddilari, O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tgan xorijiy diplomatik korpus vakillari ishtirok etishdi.

Botanika bog‘iga qadam qo‘yishingiz bilan o‘zingizni go‘yoki Ikkinchi jahon urushi davridagi jang maydoniga tushib qolgandek his etasiz. Kiraverishda Ikkinchi jahon urushi yillaridagi harbiy texnikalar terilgan bo‘lsa, sal narida qo‘mondonlik shtabi, okoplar, tibbiyot punkti va dala oshxonasi ishlab turibdi…

Soldati na privale, prazdnovanie 9-maya. Botanicheskiy sad, Tashkent

Shuningdek, "jang maydonlarida" Ikkinchi jahon urushida qatnashgan veteranlar va o‘zbekistonlik fuqarolarning front orti mehnat faoliyati ham aks ettirilgan.

Bayram tadbiriga taklif etilgan veteran va mehnat faxriylari o‘zgacha hurmat bilan kutib olindi. Bog‘ga kiraverishda orkestr tomonidan urush yillarida askarlarga ruh bag‘ishlagan kuy-qo‘shiqlar ijro etildi va tadbirga kelgan har bir veteran "Bayramingiz bilan! G‘alaba uchun rahmat! Biz sizlar bilan faxrlanamiz!", — degan jarangdor tabriklar bilan qarshi olindi.

Uzbekistan prazdnuyet 9-maya

Bundan ruhlanib ketgan veteranlar hatto o‘zlari o‘tirgan aravachalardan turib, berilib raqs ijro etdilar. 

Veteran na meropriyatii posvashennom 9-maya, Tashkent, Uzbekistan

Bayram tadbiriga tashrif buyurgan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev avvaliga Botanika bog‘ida vujudga keltirilgan "urush yillari" muhitini ko‘zdan kechirdi.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev na meropriyatii posvashennom 9-maya, Tashkent, Botanicheskiy sad

So‘ngra, mehmonlar qarshisida o‘z tabrik nutqi bilan chiqish qildi va kutilmaganda bayram dasturxoni atrofida yig‘ilgan urush faxriylarining har birining yoniga borib, mahkam bag‘riga bosib, shaxsan tabriklab chiqdi. Bunaqasi hali bo‘lmagan…

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev obnimayet veterana Vtoroy mirovoy voyni

Ha aytgancha, Ikkinchi jahon urushida O‘zbekistonning 6,5 million aholisidan 1,5 millioni, ya’ni mehnatga layoqatli aholining 42% safarbar etilgan. Ulardan qariyb 500 ming nafari jang maydonlarida halok bo‘lgan, 120 mingdan ortig‘i jangovar orden va medallarga sazovor bo‘lgan. Jumladan, 280 nafari Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan, 82 nafari esa uchala darajadagi "Slava" ordeni bilan mukofotlangan.

Prezident Uzbekistana pozdravlyayet veterana Vtoroy mirovoy voyni