O‘zbekiston prezidenti "ham farz, ham qarz" bo‘lgan ishni eslatib o‘tdi

Toshkentda o‘zgacha ruhda nishonlangan bayram tadbirida O‘zbekiston prezidenti Vatan tinchligi yo‘lida o‘z jonini ayamagan qahramonlarning barchasini shaxsan bag‘riga bosib, tabrikladi
Sputnik

TOShKENT, 9-may — Sputnik, Dilshoda Rahmatova. "Fashizmga qarshi kurashda halok bo‘lgan minglab vatandoshlarimizning so‘nmas xotirasini yod etib, ularning ruhi poklariga hurmat bajo keltirish — ham qarz, ham farz", — dedi Toshkentdagi Botanika bog‘ida bo‘lib o‘tgan 9-mayga bag‘ishlangan bayram tadbirida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev.

Prezident Uzbekistana pozdravlyayet veterana Vtoroy mirovoy voyni

"Bugun jonajon Vatanimizda 9-may — Xotira va qadrlash kuni, Ikkinchi jahon urushida qozonilgan buyuk G‘alabaning 73-yilligi keng nishonlanmoqda. Ana shu qutlug‘ ayyom bilan sizlarni, sizlar orqali ko‘p millatli butun xalqimizni chin qalbimdan muborakbod etaman. Barchangizga o‘zimning chuqur hurmat-ehtiromim va ezgu tilaklarimni bildiraman.

Siz, azizlarni biz fashizmga qarshi mardona kurashgan, buyuk G‘alabaga beqiyos hissa qo‘shgan, Vatanimizning haqiqiy qahramonlari, deb bilamiz va sizlar bilan cheksiz faxrlanamiz. Sizlarning bugun oramizda mana shunday nuroniy bo‘lib, duogo‘y bo‘lib yurishlaringiz biz uchun, albatta, katta baxt, katta davlatdir", — dedi prezident.

Veterani voyni tansuyut na prazdnike 9-maya v Tashkente

Mirziyoyev tadbir davomida veteranlar va front faxriylari o‘tirgan dasturxonlarni aylanib, nuroniylarning har birini bag‘riga bosib, ularni shaxsan tabriklab chiqdi.

Ikkinchi jahon urushi arafasida O‘zbekistonda 6,5 million aholi yashagan bo‘lsa, shundan 1 million 500 mingdan ziyodi frontga safarbar etilgan. Bu o‘sha paytdagi O‘zbekiston xalqining 22 %ini, mehnatga yaroqli aholining esa 40-42 %ini tashkil etardi.

Vxod na territoriyu Botanicheskogo sada v Tashkente

Urushda o‘zbekistonlik jangchilardan 500 mingdan ko‘prog‘i — frontga safarbar etilganlarning har uchtasidan biri halok bo‘ldi, 60 mingdan ortiq hamurtimiz nogiron bo‘lib qaytdi.

Urushda qatnashgan 120 mingdan ortiq O‘zbekiston farzandi jangovar orden va medallarga sazovor bo‘lgan. Ularning 280 nafari Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan, 82 nafari esa uchala darajadagi "Slava" ordeni bilan mukofotlangan.

Veteranlar raqsi, prezidentdan surpriz va o‘zbek xalqining ma’naviy jasorati

Urush davrida O‘zbekiston xalqi tomonidan frontga 2 mingdan ziyod samolyot, ko‘plab qurol-yarog‘, yuzlab harbiy-sanitariya poyezdlari, dala oshxonalari, palatkalar, juda katta miqdordagi oziq-ovqat, kiyim-kechak va boshqa zarur mahsulotlar yetkazib berilgan.

O‘zbekiston mehnatkashlari to‘plagan mablag‘lar hisobidan o‘nlab harbiy samolyot va tanklar, jangovar mashinalar barpo etilgan.

1941-1945 yillarda O‘zbekiston sobiq Ittifoq miqyosidagi ulkan gospitalga aylangan — bu yerda ming-minglab jangchilar davolanib, urush va mehnat frontlariga qaytganlar.