Ukraina aprelda xorijga eksport qilgan shakarning yarmidan ko‘pini O‘zbekiston oldi

Mart oyida ham O‘zbekistonga Ukraina shakarining eksporti yuqori darajada bo‘lgan.
Sputnik

TOShKENT, 9-may — Sputnik. O‘zbekiston Ukraina shakarining asosiy xaridori bo‘lib qolmoqda, deb yozadi nuz.uz.

Rossiya agroxoldingi O‘zbekistonga shakar yetkazib berishni boshladi

Aprel oyiga oid statistikaga ko‘ra, O‘zbekiston Ukraina tomonidan eksport qilingan shakarning 55%ini sotib olgan. Bu 23 ming tonna shakar deganidir.

Qolgan 45% shakar Buyuk Britaniya, Moldova, Liviya, Turkiya va Ozarbayjon tomonidan sotib olingan.

Xabarda bildirilishicha, mart oyida ham O‘zbekistonga Ukraina shakarining eksporti yuqori darajada bo‘lgan. O‘tgan ikki oy davomida respublika Ukrainadan jami 50 ming tonna shakar sotib olgan.

O‘zbekiston Ukrainadan tashqari, Rossiyadan ham shakar sotib oladi. Ma’lumot berilishicha, o‘tgan yili 100 ming tonna shakar sotib olish bo‘yicha shartnoma imzolangan.