Putin sobiq SSSR davlatlari aholisini G‘alaba kuni bilan tabrikladi

Putin sobiq SSSR mamlakatlari yetakchilarini hamda Gruziya va Ukraina aholisini Ulug‘ Vatan urushidagi G‘alabaning 73-yilligi bilan tabrikladi
Sputnik

TOShKENT, 8-may — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin sobiq SSSR mamlakatlari yetakchilarini hamda Gruziya va Ukraina aholisini Ulug‘ Vatan urushidagi G‘alabaning 73-yilligi bilan tabrikladi, deb xabar qilmoqda Kreml matbuot-xizmati.

Maktab direktori Feruza Xudoyorova 9-mayni nishonlash nima uchun muhimligini aytdi

Xabarda aytilishicha, Rossiya prezidenti Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston, Abxaziya, Janubiy Osetiya yetakchilari, shuningdek, Gruziya va Ukraina fuqarolariga o‘z tabriknomasini yo‘llagan.

"Rossiya prezidenti tabriknomasida G‘alaba kuni — Vatanni va butun insoniyatni fashizmdan qutqarish yo‘lida urush frontlarida yelkama-yelka kurashgan, front ortida katta jasorat bilan mehnat qilgan bizning xalqlarimizning tengsiz qahramonligi va birdamligi ramzi, muqaddas sana ekanligi qayd etilgan", — deyiladi xabarda.