O‘zbek ishbilarmonlari Ispaniyadagi sheriklar bilan hamkorlik masalasini muhokama qilishdi

Barselona shahrida joylashgan savdo sanoat palatasi binosida O‘zbekiston iqtisodiy salohiyatiga bag‘ishlangan taqdimot anjumani o‘tkazildi. Unda ko‘plab ishbilarmonlar va shahar ma’muriyati qatnashdi.
Sputnik

TOShKENT, 8-may — Sputnik. Barselona shahrida joylashgan Savdo-sanoat palata binosida O‘zbekiston iqtisodiy salohiyatiga bag‘ishlangan taqdimot anjumani o‘tkazildi, deb xabar qildi Jahon axborot agentligi.

Ergashev: Markaziy Osiyo mintaqasini faqat tranzit loyihalari birlashtirishi mumkin

Ushbu tadbirda shahar ma’muriyati, ishbilarmonlar hamda mahalliy jurnalistlar qatnashdi.

O‘zbekistonliklar Ispaniya sheriklariga respublikada biznes yuritish sharoitlari, huquqiy kafolatlari, siyosiy va iqtisodiy barqarorlik va qulay jo‘g‘rofik joylashuvi, transport-logistik infratuzilmasi haqida batafsil ma’lumotlarni berishdi.

Ispaniya ishbilarmonlarida O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan erkin iqtisodiy zonalar katta qiziqish uyg‘otdi.

Yevropa tadbirkorlarining fikriga ko‘ra, bu kabi taqdimotlar biznes uchun yangi imkoniyatlarni ochib beradi.