9 may kuni Toshkentdagi Milliy bog‘dan bayram salyuti otiladi

Bayramga bag‘ishlab salyut qurilmalaridan jami 42 ta salyut otiladi
Sputnik

TOShKENT, 8-may — Sputnik. 9-may kuni Toshkentdagi Milliy bog‘da bayram salyuti otiladi, deb xabar qildi Mudofaa vazirligi matbuot-xizmati.

9 may kuni Samarqand markazida transport harakati cheklanadi

"Xotira va Qadrlash kuniga bag‘ishlab Mudofaa vazirligi tomonidan O‘zbekiston Milliy bog‘ning "Navro‘z" maydonidan 9-may kuni soat 21.00da bayram salyuti otiladi", — deyiladi xabarda. 

Hozirda "Navro‘z" maydonida to‘plar va salyut qurilmalari uchun maxsus o‘t ochish pozitsiyalari jihozlangan bo‘lib, artilleriya tizimlari va ishga tushirish qurilmalari shay holatga keltirilgan.

Bayramga bag‘ishlab salyut qurilmalaridan jami 42 ta salyut otiladi.