Mehnat vazirligi Rossiyadagi o‘zbek diaspora tashkilotlari bilan bitim imzolaydi

Uchrashuv qatnashchilari hamkorlikni rivojlantirish, mehnat migrantlari - Rossiya hududidagi O‘zbekiston fuqarolari muammolarini hal qilish bo‘yicha birgalikdagi chora-tadbirlarni muhokama qilishdi.
Sputnik

TOShKENT, 8-may — Sputnik. Rossiyadagi o‘zbek diasporalari vakillari Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi mutaxassislari bilan uchrashuv o‘tkazishdi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi axborot xizmati xabar berdi.

O‘zbekiston va Rossiya migrantlar uchun patent olishni soddalashtirdi

Uchrashuvda O‘zbekiston tomonidan O‘zbekiston bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o‘rinbosari Erkin Muhitdinov, tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi boshlig‘i Ravshan Ibragimov ishtirok etdi. Rossiyadan esa Astraxandagi "O‘zbekiston" o‘zbek madaniyati hududiy jamoat tashkiloti raisi Bahodir Aminov, "Tatariston Respublikasidagi o‘zbeklar milliy-madaniy avtonomiyasi" HJT raisi Abdumannob Abdusattarov, Sverdlovskdagi "Uraldagi o‘zbekistonliklar ittifoqi" jamoat tashkiloti raisi Zokir Ollaberganov va boshqalar tashrif buyurdi.

Uchrashuv qatnashchilari hamkorlikni rivojlantirish, mehnat migrantlari — Rossiya hududidagi O‘zbekiston fuqarolari muammolarini hal qilish bo‘yicha birgalikdagi chora-tadbirlarni muhokama qilishdi.

Uchrashuv davomida diaspora jamoat tashkilotlari bilan O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan mehnat migrantlarining mehnat faoliyatini muvofiqlashtirish va huquqlarini himoya qilish sohasida o‘zaro hamkorlik qilish to‘g‘risida bitim imzolash masalasi ma’qullandi.