Turin universitetida blokcheynga bag‘ishlangan anjuman bo‘lib o‘tadi

Ertaga 8-may kuni Turin universitetida ekspert va tashabbuskorlar ishtirokida blokcheyn texnologiyasiga bag‘ishlangan anjuman bo‘lib o‘tadi.
Sputnik

TOShKENT, 7-may — Sputnik. Ertaga 8-may kuni Turin universitetida ekspert va tashabbuskorlar ishtirokida blokcheyn texnologiyasiga bag‘ishlangan anjuman bo‘lib o‘tadi. Bu haqida tadbirning rasmiy shifasida xabar qilingan.

Tadbir universitetning 1-anjumanlar zalida soat 11:00 da boshlanadi. Kun tartibidan quyidagi mavzular o‘rin olgan:

  • Blokcheyn nima?
  • Ethereum texnologiyasi va Aqlli kontraktlar
  • Mayning
  • Blokcheyt texnologiyasini kiritish
  • Blokcheyn texnologiyasidan biznes va davlat xizmatlari sohasida qanday foydalanish mumkin
O‘zbekiston bitkoin va elektron pullarni qonuniylashtiradi

Har bir mavzu sohaning yetakchi mutaxassilari va tashabbuskorlari tomonidan yoritiladi.

Xususan "Blokcheyn texnologiyasidan biznes va davlat xizmatlari sohasida qanday foydalanish mumkin" mavzusi Paynet va LeBazar kompaniyalari asoschisi Botir Arifdjanov tomonidan yoritiladi.    

Undan tashqari tadbir doirasida turli konkurslar o‘tkazilib ularning g‘oliblariga sovg‘alar topshirish rejalashtirilgan.