TOShKENT, 7-may — Sputnik. Moliya vazirligi davlat qimmatbaho qog‘ozlarini chiqarishni rejalashtirmoqda, deb xabar qildi ushbu vazirlik matbuot xizmati.
Qimmatbaho qog‘ozlarni sotilishidan tushgan mablag‘ respublikaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga yo‘naltiriladi. Shuningdek, mutaxassislar jahon amaliyotida keng qo‘llanilayotgan obligatsiyalarni chiqarish masalasini ham ko‘rib chiqishmoqda.
2011 yilda O‘zbekistonda qimmatbaho qog‘ozlarni chiqarish to‘xtatilgan. 1996-2011 yillar davomida Moliya vazirligi tomonidan umumiy qiymati 803 milliard so‘mlik qimmatbaho qog‘ozlarni chiqarilgan. O‘rtacha yillik qiymati 50 milliard so‘mni tashkil qildi.
Markaziy bank mart oyi yakunida pul-kredit siyosatini rivojlantirish va amalga oshirish konsepsiyani e’lon qilgandi. Unda qimmatbaho qog‘ozlarni chiqarishni tiklash ko‘zda tutilgandi.