Meva-sabzavotchilik sohasiga qanday soliq va boj imtiyozlari berilgan?

Meva-sabzavot yetishtiruvchi tashkilotlarga yagona soliq to‘lovi to‘lash huquqi berilishi va bir qator bojxona to‘lovlardan ozod etilishi haqida.
Sputnik

TOShKENT, 6-may – Sputnik. O‘tgan davr mobaynida O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida meva-sabzavotchilikni rivojlantirishgan qaratilgan bir necha qonuniy hujjatlar qabul qilindi.

Adliya vazirligi telegram kanalida ushbu qonunlar doirasida qanday muayan chora-tadbirlar amalga oshirilishi nazarda tutilgani haqida umumlashtirilgan videoinfografika e’lon qilindi

Unda, bir qator chora tadbirlar haqida aytib o‘tilgan.

Qishloq xo‘jaligi mutaxassislari budjet hisobidan o‘qitiladi - prezident taklifi

Xususan, 2018-yilning 1-yanvaridan: 

Meva-sabzavot mahsulotlari yetishtiruvchi tashkilotlar daromadiga, vositachi tashkilotlari uchun ko‘zda tutilgan stavka bo‘yicha soliq solgan holda, mukofot summasidan yagona soliq to‘lovi to‘lash huquqi berildi;

2018 yilning 1-aprelidan:

Bir meva-sabzavot klasteri ichida sotiladigan mahsulotdan qo‘shimcha qiymat solig‘i va maqsadli fondlarga majbuuriy aratmalar undirilmaydi;

2021 yil 1-yanvariga qadar:

Urug‘, kuchat, payvandtag yetishtiruvchi va ularni yetkazib beruvchi tashkilotlar barcha turdagi soliq va yig‘imlardan ozod etildi;

O‘zbekiston hududiga olib kirilayotgan urug‘lar, ko‘chatlar, mneral o‘g‘itlar, o‘simliklarni kimoviy himoyalash vositalari, zamonaviy issiqxonalar – bojxona to‘lovlaridan ozod qilindi;

Shuningdek, meva-sabzavotlarni tashishga ixtisoslashgan transport vositalari ham bojxona to‘lovlari va yo‘l jamg‘armasiga to‘lanadigan yig‘imlardan ozod etildi.