Or-nomus jangda, kelajak O‘zbekistonda asrab qolindi

Umumxalq bayrami dam olish, xursandchilik kunigina emas, u millatni, xalqni jipslashtiradigan g‘oya!
Sputnik

Tan olish lozim, shu paytga qadar O‘zbekistonda 9-may — Xotira va qadrlash kuni bayramlar orasida eng nozigi edi. Bir jihatdan bayram — quvonish lozim, lekin xotira… Yodlash va hayotdan erta ketgan, jafokash bobolar, momolar uchun qayg‘urishga to‘g‘ri kelardi, o‘sha davr azoblari, qiyinchiliklarini yodga olib, xulosalar chiqarish lozim bo‘lardi. 

Mirziyoyev: Shomahmudovlar oilasi qahramonligining ahamiyati va qadri tobora oshib bormoqda

Albatta, bu bayram o‘zbekistonliklar va rossiyaliklar uchun bir xil mazmunga ega emas. Shu sababli uning nomlari boshqa-boshqa.

Umumxalq bayrami, degani nima o‘zi?

Shunchaki, dam olib, xursandchilik qiladigan kun emas. U millatni, xalqni, davlat fuqarolarini jipslashtiradigan, birdamlikka xizmat qiladigan tadbir, an’ana, g‘oya!

Rossiya uchun 9-may millatni birlashtiruvchi g‘oyaning ajralmas qismi. O‘zbekistonda esa ancha payt negadir bu bayramdan milliy g‘oya targ‘ibotida foydalanilmadi. Endi, mamlakatda ochiqlik, o‘zaro manfaatli, do‘stona hamkorlik siyosat yuritilayotganda, qadriyatlarga yangicha nazar bilan qarash (ularni qayta baholash emas) jarayoni ketayotganda mazkur bayram milliy g‘oya uchun xizmat qiladigan an’anaga aylantirildi. Millatning bag‘rikengligini targ‘ib etuvchi, xalqlar aro do‘stlik, totuvlik va inoqlikni kuylovchi an’anaga.

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari haj safariga imtiyozli ravishda borishadi
Darhaqiqat, o‘zbekistonliklar Ikkinchi jahon urushi janggohlarida yarim millionga yaqin fuqarosini yo‘qotdi; o‘zbekistonliklar urush yillari yarim och, yarim yupun yashadi, biroq topgan-tutganlari frontga berdi; o‘zbekistonliklar inson zoti chidashi og‘ir bo‘lgan sharoitlarda ishlab, ko‘chirib kelingan zavodlarni qisqa muddatlarda tikladi va front uchun qurol-aslaha yetkazib berdi.

Albatta, bular g‘alaba yaqinlashishiga xizmat qildi. Biroq, O‘zbekistonning Ikkinchi jahon urushidagi asosiy ishi — bolalarga g‘amxo‘rligi, urush bolalariga, urush janggohlarida jon olib, jon berayotgan, halok bo‘lgan insonlar farzandlariga boshpana bergani, ularni o‘z bag‘riga olgani, ularga otalik, onalik qilgani edi.

"Sen yetim emassan!" — bu shunchaki buyuk shoirning misralari emas. Bu O‘zbekistonning urush bolalariga aytgan gapi, urush davrining bosh shoiri, asosiy ishi, 9-maydagi g‘alabaga qo‘shgan bosh ulushi, kerak bo‘lsa, marhamati edi.

Urush nima o‘zi?!

Kelajak uchun kurash! Shuning uchun ham oradan necha yillar o‘tib, omonsiz janglarda halok bo‘lganlarni eslaymiz… unutmaymiz.

Ular biz uchun, kelajagimiz, baxtli hayotimiz uchun (anchayin siyqa so‘z, lekin haqiqat) kurashgan, axir. Shu sababli Ikkinchi jahon urushida asosiy ishni O‘zbekiston bajargan, deyishga haqlimiz. Aynan O‘zbekiston kelajakni asradi; aynan O‘zbekiston urush bolalarini mehrsizlik, e’tiborsizlik komida qolib, insoniylikni yo‘qotishdan saqladi. Urishayotgan xalqlarning or-nomusi jang maydonlarida, kelajagi esa O‘zbekistonda asrab qolindi.

Shu sababli, O‘zbekiston 9-mayni o‘zining Ikkinchi jahon urishidagi g‘alabaga qo‘shgan hissasi va o‘z milliy g‘oyasidan kelib chiqib nishonlamoqda.

Bugun 9-may bayrami mamlakatda yuritilayotgan hamjihatlikka, do‘stlik va ahil qo‘shnichilikka yo‘naltirilgan ichki va tashqi siyosatda o‘zining munosib o‘rniga ega bo‘ldi.

"Xalqlar do‘stligi" nomi san’at saroyi va metro bekatiga qaytarildi

Albatta, urush qatnashchilari ham unutilgani yo‘q.

Insoniyat urushni va unda ishtirok etganlarni unutmasligi lozim!

Yo‘q, g‘alabalarni, harbiy san’atni esdan chiqarmaslik uchun ham emas, shunchaki, insoniyatning shunday bir g‘alati odati, tushunarsiz holati borligi, unda ming-minglab begunoh, beayb, beg‘ubor insonlar sababsiz, aybsiz qirilib ketishi, yosh-u qari birday o‘lim tegirmoniga tashlanishini unutib qo‘ymaslik uchun.